HEMIS yordamchi: talaba yaratish, fanga biriktirish, diplom, baholash, qaydnoma, fan moslash, ERP.
Users
28
+16 in 30 days
Rating
5.0 / 5
unchanged in 30 days
Ratings
3
0 in 30 days
Store rank
#135K
#113K among extensions
Version
9.37.25
updated 5 Oct 2026
Users
monthly, 2 months
Latest, 18 Oct 2026:28 usersMove the mouse over the chart for any month
Ratings count
monthly, 2 months
Latest, 18 Oct 2026:3 ratingsMove the mouse over the chart for any month
The Chrome Web Store rounds user counts down to the leading digit, so the user line moves in steps. The ratings count is exact and is the better signal of real adoption.
About HEMIS Yordamchi — Universal
HEMIS universitet boshqaruv tizimida kundalik takrorlanadigan
qo'l ishlarini avtomatlashtiradi. Registrator ofisi va o'quv
bo'limi xodimlari uchun mo'ljallangan.
VOSITALAR
- Avto fanga biriktirish — Excel ro'yxatidan talabalarni
fanlarga biriktiradi
- Diplom yordamchisi — diplom yaratish va ilova PDF larini
kerakli nom bilan yuklab olish
- Baholash — Excel dagi baholarni qaydnomaga kiritadi
- Shaxsiy qaydnoma — ruxsat berish, qaydnoma to'ldirish,
o'qituvchi va sanani qo'yish
- Odamdek moslash — o'quv reja ko'chirishda fanlarni
o'zaro moslashtiradi
- ERP tekshiruvchi — transkript baholarini Excel bilan
solishtiradi (ERP tizimi bo'lgan muassasalarda)
QANDAY ISHLAYDI
Kengaytma o'rnatilgandan keyin hech qanday saytga ulanmaydi.
Foydalanuvchi litsenziya kalitini kiritadi, kalit o'z
universitetining HEMIS manzilini belgilaydi, so'ng foydalanuvchi
tugma bosib o'sha bitta manzilga ruxsat beradi. Faqat shundan
keyin vositalar ishga tushadi.
Kengaytma talaba ma'lumotlarini yig'maydi va hech qayerga
uzatmaydi. Barcha ish foydalanuvchining o'z brauzerida,
u allaqachon kirgan HEMIS sahifasida bajariladi.
- Robot yordamchi — obuna holati, qolgan muddat va yangi
imkoniyatlar haqida xabar beradi (o'zbek, rus, ingliz tillarida)
Yangi foydalanuvchilar uchun 24 soatlik bepul sinov muddati mavjud.
Litsenziya olish uchun murojaat qiling:
Telegram: t.me/USMONALI9811
Telefon: (88) 100-75-38
Nima o'zgardi (9.37.24 → 9.37.25):
🎓 Diplom Yordamchisi — katta yangilanish
Bitta diplomni yaratib-o'chirish endi ixtiyoriy — "har bir bitiruvchiga alohida raqam ajratilgan" holatlar uchun o'chirish shart emas (⚙️ sozlamada yoqib/o'chirish mumkin)
"Diplom raqami" ustuni qo'shildi — har bir talabaga aniq diplom raqamini kiritish mumkin
Diplom raqami endi "nozik" nazorat ostida: bo'sh qoldirilsa robot xatolik berib to'xtaydi (noto'g'ri raqam o'zi tanlab qo'ymaydi); xohlasa avtomatik-birinchi-bo'sh rejimini ⚙️dan yoqish mumkin
Qayd sanasi va DAK qarori sanasi endi ro'yxatning o'zida — umumiy sana + har bir talabaga alohida sana (ptichka bilan belgilab, guruh-guruh turlicha sana berish)
Diplom toifasi (Oddiy/Imtiyozli) endi har bir talaba uchun alohida tanlanadi, pastda "hammasiga" tezkor tugma bilan
Imtiyozli toifadagi talabalar ro'yxatda rangli chiziq bilan ajralib turadi
HEMIS'ning o'z validatsiya xatoligi ("...to'g'rilang") endi avtomatik ushlanadi — robot to'xtab, muammoni ko'rsatadi, "O'tkazish" yoki "Qayta urinish" tanlovi bilan
"Exceldan nusxa olish" oynasiga 3-chi "Ro'yxat ko'rinishi" qo'shildi — saqlangan ro'yxatni to'g'ridan-to'g'ri jadval ko'rinishida tahrirlash (qo'shish/o'chirish/o'zgartirish)
Shu oyna kattalashtirildi va o'lchami qo'lda sudrab o'zgartiriladigan qilindi
🔍 Ma'lumot topuvchi
10. "Ichkariga kirish" va "Sinxronlashni tekshirish" endi har bir brauzer tabida mustaqil ishlaydi — ikkinchi tab birinchisining ishini "o'g'irlamaydi"
11. Yangi "⚡ Kalit bo'yicha tezkor yig'ish" — kartaga kirmasdan tezkor qidiruv orqali ma'lumot yig'ish
12. Sahifama-sahifa yig'ish endi tugamaguncha avtomatik 8 martagacha qaytadan aylanadi, hammasi to'planishi bilan to'xtaydi
13. "Ma'lumot to'ldirish" uchun moslashtiriladigan kategoriyalar tizimi — kerakli maydonlarni o'zingiz tanlab, tartibini o'zgartirib qo'shasiz
14. Navbat holati oynasi — kimlar qayta ishlanishi kerakligini ko'rish va qayta navbatga qo'yish
15. Vaqt tejash hisoboti — qo'lda qilingan va robot bilan qilingan ishni solishtirib beradi
16. Har bir funksiya uchun ichki yordam/qo'llanma oynasi qo'shildi
📸 3x4 rasm yig'uvchi
17. Pasport va oddiy ID raqamlarni to'g'ri aniqlaydigan moslashuvchan tanish tizimi
18. Talaba/ota-ona/mas'ul shaxs telefon raqamlari ham endi kartadan yig'iladi
19. Qidiruv natijasida havola topilmasa, talaba endi ro'yxatdan "jim" yo'qolmaydi — xatolik sifatida qayd etiladi
20. Rasm ostiga chiqadigan ma'lumotlarni (F.I.Sh, guruh, ID va h.k.) o'zingiz tanlab, tartibini belgilash imkoniyati
21. Rasmi yo'q talabalar uchun — bo'sh shablon bilan qo'shish yoki o'tkazib yuborish tanlovi
🧩 Umumiy
22. Barcha vositalarda footer/aloqa ma'lumotlari birxillashtirildi (Usmon va Sodiq Fayzullayevlar — ikkala Telegram va telefon)
23. Yashash joyi statusi uchun 5 ta variant + hammasiga/alohida tanlash
24. Mavjud ma'lumotni yangisiga avtomatik almashtirish (ustiga yozish) sozlamasi
25. Umumiy barqarorlik va xatoliklarni tuzatish — bir nechta kengaytma o'rnatilgan holatlarda eng yangi versiya ustunlik qiladi
Versiya: 9.37.25